Ispaniya Eronni bombalayotgan AQSH samolyotlari uchun osmonini yopdi
Olam
−
31 mart 3563 1 daqiqa
Ispaniya AQSHning Eronga hujumlarida ishtirok etayotgan Qo‘shma Shtatlar samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopdi. Mamlakat hukumati bu harakatni Erondagi xunrezliklarga ko‘z yuma olmasligi bilan izohladi. Bu haqda, kecha 30 mart kuni Ispaniya Mudofaa vaziri Margarita Robles jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Ispaniya hukumati o‘z havo hududini AQSHning Eronga hujumlari tufayli vaqtinchalik yopadi. Ushbu qaror mamlakatimizni bu “axmoqona” urushga chek qo‘yish uchun eng so‘nggi jiddiy qadami bo‘lishi mumkin. Biz boshidanoq o‘zimizning qa’tiy pozitsiyamizni Amerika tomoniga bildirganmiz. Shuning uchun, Ispaniya nafaqat xarbiy bazalaridan, balki havo hududidan ham Amerika harbiylarining foydalanishiga ruxsat bermaydi”, deydi Robles.
Shuningdek, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchez ham Amerikaning Eronga hujumini keskin qoralab, bu ishlarni kelajak avlod kechirmasliginini aytgan edi.
“Menimcha, Ispaniyaning pozitsiyasi barchaga ayon. Biz bunday adolatsiz urushlarda ishtirok etmaymiz. Amerikaning harbiy bazalarimiz va havo hududimizdan ham foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaymiz”, deydi Sanchez Ispaniyaning “El Pais” gazetasiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Marko Rubio “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida AQSHning Eron bilan urushini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan NATOdagi ittifoqchilarning xatti-harakati sababli Vashington alyans bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishini aytgan edi.
Live
Barchasi18 aprel