Ispaniyalik mashhur muxlis 76 yoshida vafot etdi
Sport
−
02 may 4738 1 daqiqa
Ispaniyaning mashhur muxlislaridan biri Manolo 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Manolo nafas yetishmovchiligi muammosi bilan bir necha haftadan beri shifoxonada yotgan. Manolo oxirgi bor mart oyi so‘ngida “Mestalya” stadionida bo‘lib o‘tgan Ispaniya-Niderlandiya o‘yinida ko‘rinish bergan.
Ma’lumot o‘rnida, Manolo Ispaniya terma jamoasini 1982 yildan beri, ya’ni “qizil furiya” mezbonlik qilgan mundialdan beri qo‘llab-quvvatlab keladi. U 10 ta Jahon chempionati va 8 ta Yevropa chempionatini ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan. Manolo “El bombo”, ya’ni barabanchi laqabini olgan. Chunki u har o‘yinda katta barabani bilan stadionni larzaga keltirardi.
Qayd etilishicha, Ispaniya terma jamoasi va La Liga va bir qancha klublar uning oilasiga hamdardlik bildirgan.
Live
Barchasi