Isroil AQSH bilan yangi xavfsizlik kelishuvini muhokama qilmoqda

Olam

image

Isroil AQSH bilan navbatdagi 10 yillik xavfsizlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Endilikda Isroil AQSH bilan qurol-yarog‘ savdosini kengaytirmoqchi. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni “Financial Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kelgusi haftalarda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan AQSH-Isroil muzokaralarida Isroil naqd pul yordamidan ko‘ra qo‘shma harbiy va mudofaa loyihalariga ustuvorlik berishni maqsad qilgan.

“Bu masalada sheriklik shunchaki moliyaviy yordam bilan cheklanmaydi. Puldan ham muhimroq bo‘lgan jihatlar bor, bu esa kengroq yondashuvni talab qiladi”, deydi Isroil Harbiy va Mudofaa vazirligining sobiq bosh moliyaviy maslahatchisi Gil Pinchas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil har yili AQSH qurollarini sotib olishi uchun ajratiladigan 3,3 milliard dollarlik moliyaviy yordam umumiy kelishuvning faqat bir qismi bo‘lib, kelajakda bu mablag‘ bosqichma-bosqich qisqarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2016 yilda AQSH va Isroil o‘rtasida 2028 yil sentyabr oyigacha amal qiladigan 10 yillik o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Ushbu hujjat doirasida Isroilga jami 38 milliard dollarlik harbiy yordam ajratilishi belgilangan bo‘lib, uning 33 milliard dollari harbiy texnika xaridi, 5 milliard dollari esa raketaga qarshi mudofaa tizimlari uchun mo‘ljallangan.

Shu oy boshida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kelgusi o‘n yillikda mamlakatning AQSH harbiy yordamiga bo‘lgan qaramligini kamaytirish niyatida ekanini ham ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azodagi oxirgi garovga olingan shaxsning mayitini qaytarib olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil kelishuv qurol-yarog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing