Isroil Eron hujumiga javob beradi – CNN 

Olam

image

Isroil Eron hujumiga javob berish niyatida, javob ko‘lami aniqlanmoqda. Bu haqda Isroil rasmiysiga tayanib, CNN xabar berdi.

“Javob berishning barcha variantlari bugun, 14 aprel kuni Isroil harbiy Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida batafsil muhokama qilinadi”, deydi rasmiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yahudiy davlati hujumga javoban "barcha idish-tovoqlarni sindirishga" harakat qilish yoki o‘lchovliroq ish qilishni aniqlab olishi kerak.

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlarining zaxiradagi vakili Jonatan Konrikus Eron Isroilga qilingan hujum oqibatlariga duch kelishini, uning ko‘lami yetkazilgan zararga bog‘liqligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Eron bugun, 14 aprelga o‘tar kechasi Isroilga yuzdan ortiq uchuvchisiz dron va o‘nlab raketalarni uchirgandi. Isroil armiyasi raketa va dronlarning aksariyati urib tushirilganini aytgan bir paytda, Tehron ular Isroil nishonlarini "muvaffaqiyatli yo‘q qilganliklarini" bildirdi. Eron hujumi ortidan BMT Xavfsizlik Kengashi va G7 mamlakatlari yetakchilari vaziyatni muhokama qilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made