Isroil Eron konsulligiga hujum qilgani uchun jazolandi – Ibrohim Raisiy

Olam

image

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan amalga oshirilgan hujumda Suriyadagi Eron konsulligiga hujum qilgani uchun Isroil jazolanganini aytdi. Bu haqda IRNA rasmiy axborot agentligi e’lon qilgan Raisiyning Isroilga hujum haqidagi bayonotida so‘z boradi.

Prezident Isroilga qarshi operatsiya Eronning Suriyadagi konsulligiga hujumga javoban “o‘zini himoya qilish” maqsadida amalga oshirilganini aytdi.

Raisiyning qayd etishicha, Tehron o‘z mamlakatiga hujum qilish uchun har qanday urinishga qat’iyroq javob beradi.

Inqilobiy gvardiya armiyasi qo‘mondoni Husayn Salamiy ham “agar uning harakatlari Eron manfaatlariga qarshi bo‘lsa” Isroilga zarba berishlarini ta’kidladi.

Eron va Isroil ziddiyatining keskinlashuvi

1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari general darajasida edi.

Eron Isroilning konsullikka hujumi o‘z hududiga qilingan hujum ekanini va u o‘ch olishini aytdi.

Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini e’lon qildi.

14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.

Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilganini bildirdi, biroq bitta raketa mamlakat janubidagi harbiy bazaga tegdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq CNN telekanali Isroillik rasmiyga tayanib, Isroil Eron hujumiga javob berish niyatida ekani, hozirda javob ko‘lami aniqlanayotganini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made