Isroil G‘arbiy Sohilda harbiy operatsiya boshladi

Olam

image

Bugun, 26 noyabr kuni Isroil armiyasi G‘arbiy Sohilning shimoliy hududlarida keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “France24” xabar berdi.

Keltirilishicha, mazkur operatsiya yil boshida boshlangan va o‘n minglab falastinliklarni uyidan ko‘chirishga sabab bo‘lgan “Temir devor” amaliyotiga aloqador emas. “Temir devor” avvalo qochqinlar lagerlariga qaratilgan edi

Isroil armiyasi va ichki xavfsizlik xizmati qo‘shma bayonot chiqarib, “Samariya shimolida keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasi boshlanganini” bildirdi. “Samariya” atamasi Isroil tomonidan G‘arbiy Sohilning bir qismi uchun ishlatiladi.

G‘arbiy Sohilda zo‘ravonliklar 1967 yildan buyon davom etib keladi, ammo 2023 yil oktyabr oyida HAMASning Isroilga hujumidan keyin yanada kuchaydi. G‘azoda o‘tgan hafta joriy etilgan “mo‘rt sulh”ga qaramay, to‘qnashuvlar G‘arbiy Sohilda to‘xtamadi.

Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy Sohilda Isroil askarlari yoki ko‘chmanchilar tomonidan 1000 dan ortiq falastinlik o‘ldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Misr bilan chegarada yopiq harbiy zona tashkil qilgani haqida xabar berilgandi. Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats dronlar yordamida qurol kontrabandasining kuchayishiga qarshi kurashish maqsadida Isroil-Misr chegarasiga tutash hududni yopiq harbiy zona deb e’lon qilishni buyurgan.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil HAMAS Temir devor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing