Isroil G‘azodagi nazorat punktiga zarba berdi. O‘nga yaqin qurbon bor

Olam

image

Isroilning G‘azo sektoridagi nazorat-o‘tkazish punktlariga bergan zarbalari oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida bir nafar bola ham bor. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi ikkita politsiya nazorat punktiga havo hujumlari uyushtirgan.

“Isroil samolyotlari G‘azo sektorining janubidagi Xon-Yunus shahrida joylashgan ikki politsiya blok-postiga zarba berdi. Oqibatda uch nafar politsiyachi va uch nafar tinch aholi, jumladan bir qiz bola halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi yaralandi”, deyiladi xabarda.

Mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan buyon 680 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil askarlari G‘azoning markaziy qismida bir yoshli bolaga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgandi. Karim ismli bolaning jarohatlari aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan. U G‘azo sektorining markazidagi qochqinlar lageri yaqinida Isroil kuchlari tomonidan ushlanganidan so‘ng qiynoqqa solingan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing