Isroil va Livan 10 kunlik sulh e’lon qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil va Livan yetakchilari o‘rtasida 10 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Uning aytishicha, Livan Prezidenti Jozef Aun va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bugun, 17 aprel kunidan boshlab 10 kunlik sulhni rasman boshlashga kelishib olgan. 

Avvalroq, ikki davlat vakillari 34 yil ichida ilk bor Vashingtonda uchrashuv o‘tkazgan. Muzokaralarda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham ishtirok etgan.

Isroilning AQSHdagi elchisi Yexiel Leyter muzokaralar samarali o‘tganini bildirib, tomonlar aniq chegara belgilash va yaqin haftalarda muloqotni davom ettirishga kelishganini aytgan. Livan elchisi Nada Xamade Moavad esa AQSHga muzokaralarni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirib, gumanitar vaziyat og‘irligini ta’kidlagan.

AQSH tomonlar o‘rtasida bevosita muzokaralarni davom ettirish rejalashtirilgani ma’lum qilgan. Tramp shuningdek, vitse-prezident Jey Di Vens va boshqa yuqori lavozimli amaldorlarga barqaror tinchlikka erishish uchun jarayonni muvofiqlashtirishni topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyatda ham vaqtinchalik tanaffus e’lon qilgan edi. Biroq o‘sha paytda Isroil Livandagi harbiy harakatlar bu kelishuvga kirmasligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Isroil Livan Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing