Isroilga zarba “cheklangan” xususiyatga ega edi – Eron

Olam

image

Eron AQSH ma’muriyatiga Isroilga hujum "cheklangan xususiyatga ega" ekanini ma’lum qildi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon ma’lum qildi.

"Oq uyga ertalabki xabarimizda biz bu cheklangan javob ekanligini tushuntirdik", deydi vazir.

Abdullohiyon, shuningdek, agar Vashington Isroilga yordam bersa, mintaqadagi AQSH bazalariga zarba berish bilan tahdid qilgan.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Tehron 1 aprel kuni respublikaning Suriyadagi konsulligiga zarba bergan F-35 samolyotlari havoga ko‘tarilgan Isroil havo bazasini o‘qqa tutgan.

Operatsiyaning yana bir nishoni Isroil razvedka markazi bo‘lib, u “so‘nggi olti oy davomida barcha operatsiyalarni, jumladan, Eronga qarshi so‘nggi hujumni ham boshqargan”.

Shuningdek, vazir Eron Isroilga qarshi operatsiya davomida iqtisodiy va fuqarolik ob’ektlariga zarba bermaganini bildirdi. U “xalqaro hamjamiyat Eronni vazminlikka chaqirib, Isroil jinoyatlariga ko‘z yumayotgani”dan afsusda ekanini aytdi. 

"Sionistik tuzilma G‘azo va G‘arbiy sohilda qotillik va genotsid jinoyatlarini amalga oshirmoqda", deydi Tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, Eron bugun, 14 aprelga o‘tar kechasi Isroilga yuzdan ortiq uchuvchisiz dron va o‘nlab raketalarni uchirgandi. Isroil armiyasi raketa va dronlarning aksariyati urib tushirilganini aytgan bir paytda, Tehron ular Isroil nishonlarini "muvaffaqiyatli yo‘q qilganliklarini" bildirdi. Eron hujumi ortidan BMT Xavfsizlik Kengashi va G7 mamlakatlari yetakchilari vaziyatni muhokama qilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil Husayn Amir Abdullahiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made