Isroilning Rafahga hujumi oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 29 aprelga o‘tar kechasi Isroilning G‘azo janubidagi Rafah shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi, ulardan olti nafari ayol va besh nafari yosh bola bo‘lib, bolalardan biri atigi 5 kunlik edi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash rasmiylariga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.

Bir kechada sodir bo‘lgan hujumlarda uchta oilaning uyiga zarba berilgan. Jasadlar olib kelingan Abu Yusuf an-Najjor shifoxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi zarbada 11 kishi, jumladan 9 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan to‘rt aka-uka halok bo‘lgan. Ikkinchi zarbadan esa sakkiz kishi, jumladan 33 yoshli ota va uning 5 kunlik o‘g‘li jon taslim qilgan. Uchinchi zarbada 23, 19 va 12 yoshli uchta aka-uka halok bo‘lgan.

Isroil urush boshlanganidan beri muntazam ravishda Rafahga havo hujumlari uyushtirib kelmoqda. Isroil Rafah G‘azo sektoridagi HAMASning so‘nggi yirik tayanchi ekanini aytib, quruqlikdagi qo‘shinlarini yuborish bilan tahdid qilmoqda. Bir milliondan ortiq falastinlik Misr chegarasidagi shahardan boshpana topgan. Qo‘shma Shtatlar va boshqalar gumanitar falokatdan qo‘rqib, Isroilni bosqinchilik qilmaslikka chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon suhbatida Vashington ishonchli gumanitar rejasiz Rafah operatsiyasini qo‘llab-quvvatlay olmasligini ta’kidlagandi.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made