Qamchibek Tashiyevning ukasi yana so‘roqqa chaqirildi
Olam
−
26 mart 4157 1 daqiqa
Kecha, 25 mart kuni Qirg‘iziston parlamentining sobiq deputati Shoirbek Tashiyev Ichki ishlar vazirligi tomonidan yana so‘roqqa chaqirildi. Bu haqda “24.kg” xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, u Ichki ishlar vazirligining tergov bo‘limiga chaqirilgan.
Ularning aytishicha, Shoirbek Tashiyev bu safar guvoh sifatida chaqirilgan. Hozircha qaysi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilinmagan.
Tashiyev Qirg‘iziston siyosatidagi taniqli shaxslardan biri bo‘lib, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyevning ukasi hisoblanadi. Qamchibek Tashiyev esa mamlakat siyosiy hayotida muhim rol o‘ynagan siyosatchilardan biri sifatida tanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shoirbek Tashiyev avval ham so‘roqqa chaqirilgan bo‘lib, qaysi jinoiy ish doirasida so‘roq qilingani sir saqlangan edi. Faqat 24 ming saylovchisi uni ketqiza olishini aytgan Tashiyev so‘roqning ertasi kuniyoq deputatlik mandatini topshirgan.
Live
Barchasi