“Qamchiq” dovonida qor yog‘yapti. Haydovchilar ogohlantirildi (video)
Jamiyat
−
05 dekabr 5267 1 daqiqa
Qamchiq dovonining yuqori nuqtalarida bugun, 5 dekabrda ham maydalab yomg‘ir va qor yog‘ishda davom etayotgani sabab haydovchilar barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda “Qamchiq” dovonining yuqori nuqtalarida maydalab yomg‘ir va qor yog‘ishda davom etmoqda.
Dovonda qor yog‘ishi munosabati bilan yo‘llarda xavfsiz harakatni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam ko‘rsatilmoqda. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.
“Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi