Qancha o‘zbekistonlik Yaqin Sharqdan qaytarilgani aytildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi boshlagan hujumidan so‘ng Yaqin Sharq mintaqasida qolib ketgan 5 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. 

Urush boshlangandan beri O‘zbekiston shaharlaridan Dubay, Sharja, Madina, Doha, Jidda, Tel-Aviv, Tehron va Quvayt yo‘nalishlaridagi barcha aviaqatnovlar bekor qilingan. Oqibatda 28 fevral – 2 mart kunlari Quvayt, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAdan 1 681 nafar O‘zbekiston fuqarosi ucha olmay qolgan.

Vazirliki hozirda rezident va xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda ushbu jarayonni muvofiqlashtirish uchun “O‘zaviatsiya” agentligida 24 soat ishlaydigan shtab tashkil etgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar Madina va Jidda aeroportlaridan 21 ta reys orqali 4 948 nafar yo‘lovchi, Dubay shahridan esa 235 nafar yo‘lovchi O‘zbekistonga olib kelingan.

Mas’ullar fuqarolarga reyslar haqidagi ma’lumotlarni faqat aviakompaniyalarning rasmiy vakolatxonalari va rasmiy veb-saytlaridagi telefon raqamlari orqali aniqlashtirishni tavsiya qilmoqda. Moliyaviy xavf va tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilmaslik so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Yaqin Sharq davlatlaridan qariyb ming nafar fuqarosini mamlakatga qaytargandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Eron Transport vazirligi fuqaro Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing