Qashqadaryoda tabiatga 248 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
3-sahifa
−
05 aprel 6918 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tabiatga 248 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazganlar ushlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mita, Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan navbatdagi tungi reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Reyd tungi soat taxminan 01:00 lar atrofida G‘uzor tumanidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosi hududida olib borilgan. Reyd davomida, moratoriy joriy qilinganiga qaramasdan, huquqbuzar tomonidan go‘yoki baliq ko‘li tashkil etish bahonasida qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinib, sotib kelinayotgani aniqlangan.
Holat oqibatida tabiatga 248 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda barcha zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish choralari ko‘rilmoqda.
Live
Barchasi