Qashqadaryoda “zamhokim” pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jalik rahbarining ishonchiga kirib, uning joriy yilgi 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berish evaziga jami 21 mln so‘m pora talab qilib, shundan 7 mln so‘mini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘rmon xo‘jaligi balansidagi yer maydonini ijaraga olib berish uchun pul talab qilgan Xorazm viloyati Yangiariq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limining mas’ul xodimi qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Qashqadaryo hokim o'rinbosari zamhokim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing