Qatar Eronga rasmiy norozilik bildirdi

Olam

image

Bugun, 24 iyun kuni Qatar Tashqi ishlar vazirligi eronlik elchini chaqirib, Eron tomonidan AQSHning Qatar hududidagi yirik harbiy bazasiga uyushtirilgan raketa hujumini qattiq qoraladi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.

Rasmiy bayonotda Qatar Tashqi ishlar vazirligi bu hujumni “ochiqdan-ochiq xalqaro huquqni buzish” deb atagan va “unga nisbatan munosib javob berish huquqini o‘zida saqlab qolishini” bildirgan. 

Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Taxt-Ravanchi Qatar davlat vaziri Muhammad bin Abdulaziz Al-Xulayfiy bilan telefon orqali muloqot qilgan. 

Taxt-Ravanchi suhbatda Qatarning mintaqaviy keskinlikni kamaytirishdagi “konstruktiv roli” uchun minnatdorlik bildirgan va ikki davlat o‘rtasidagi “qo‘shnichilikka asoslangan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash” istagini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni Eron AQSHning Qatar va Iroqdagi harbiy bazalariga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazgandi. AQSH bazalariga qarshi amaliyotga “G‘alaba xabari” nomi berilgan. Qatar Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Eron zarbalari oqibatida insoniy talafotlar qayd etilmagan. Eron Qatardagi AQSH bazalariga 10 ta raketa, Iroqdagi AQSH bazasiga esa 1 ta raketa yo‘llagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Qatar norozilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing