Qatar qilgan ishni O‘zbekiston qilolmaydimi?

Intervyu

Ko‘pchilikka ma’lum, O‘zbekiston Superligasining joriy mavsumi mamlakatdagi stadionlarning tayyor holatda emasliklari sabab kechroq boshlangan edi.

Xabaringiz bor, 2022 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionatiga Qatar davlati mezbonlik qiladi. Shu boisdan qatarlik amirlar chempionat davomida stadionlarning chimini 24 soatda almashtirib, shu vaqt ichida o‘yinga tayyor holatga keltirib bera olishlari haqida bong urishdi. 

Xo‘sh, O‘zbekiston Qatar amalga bir kunda amalga oshira oladigan ishni nega 5 yoki 6 oyda ham uddalay olmayapti? QALAMPIR.UZ muxbiri tomonidan berilgan ushbu savolga PFL rahbari quyidagicha javob berdi:

“Qatar aytayotgan narsani ya’ni chimni biz ham 24 soat ichida yangilay olamiz. Lekin, u 1 oylik bo‘ladi yoki 10 kunlik bo‘ladi. Undan oxiri 10 yilga yetadigan maydon chiqmaydi. Biz ham topa olamiz. Kerak bo‘lsa hammasini bir kunda qilib tashlaymiz shu narsani. Lekin bizga sifatli bo‘lib, undan klublar 8 yoki 10 yil foydalana oladigan maydonlar kerak.

To‘g‘ri aytdingiz Qatar bir kunda amalga oshira oladi deb. Lekin bu juda katta mablag‘ga borib taqaladi. Biz ham Pro ligadagi klublarning maydon chimin ham bir kunda almashtir tashlasak bo‘ladi. Lekin bizga sifat kerak. Bizda har yili maydonning chimini almashtirish uchun klublarda yetarli mablag‘ yo‘q.

Hozirda Yevropada chimlar chiqqan, ya’ni 50 foizi sun’iy 50 foizi tabiiy maysalardan iborat. Bizda ham shuni qo‘llasa bo‘ladi. Bu kamida 1 mln - 2mln yevrodan kam emas. Lekin biz shuni xohlayapmizki, biroz kutsak ham chimni holati yaxshi bo‘lsin va uzoq vaqt xizmat qilsin”, deya javob berdi G‘ofurov.

Mazkur intervyuni to‘liq shaklda YouTube’dagi sahifamizda ko‘rishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

PFL Omonjon G'ofurov

Baholaganlar

137

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made