Kerrik “Manchester Yunayted”da qoladigan bo‘ldi – Romano
Sport
−
15 may 929 1 daqiqa
Angliyalik futbol mutaxassisi Maykl Kerrikning kelasi mavsumda ham “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bo‘lib ishlaydi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
“Qizil iblislar”ning sobiq yarim himoyachisi joriy yilning yanvar oyida jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tayinlangandi. Endi Maykl Kerrik kelasi mavsumda ham “Manchester Yunayted” murabbiyi bo‘lib qolishini tasdiqlay olaman. Bu qaror allaqachon qabul qilingan, biroq hali rasman e’lon qilinmagan. Chunki yakuniy qaror baribir klub hammuassisi Jim Ratcliffga bog‘liq”, deydi Romano YouTube’dagi chiqishida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Kerrikka 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyorlanmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni paytda “qizil iblislar” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 36 turdan so‘ng, 65 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi