Qirg‘iziston oltinining asosiy xaridorlari ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Shveysariya va Buyuk Britaniya Qirg‘iziston oltinining asosiy xaridoriga aylandi. Bunday ma’lumotlar Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi materiallarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, 2025 yilning yanvaridan apreligacha bo‘lgan davrda Qirg‘iziston 112 million dollarlik oltin eksport qilgan. Shveysariya Konfederatsiyasi qimmatbaho metallni 74,6 million dollarga, Buyuk Britaniya esa 31,2 million dollarga sotib oldi. Qirg‘izistondan ham oltinni Malayziya 5,3 million dollarga, Turkiya esa 1 million dollarga sotib oldi.

Sotilgan oltinning umumiy hajmi 1,16 tonnani tashkil etdi.

Avvalroq Milliy bank rahbari Melis Turg‘unboyev Jogorku Kenesh deputatlariga Qirg‘izistondagi oltin zaxirasi 52 tonnani tashkil etishi haqida ma’lum qilgandi. Bu esa 3 milliard 700 million dollarga teng.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyun holati bo‘yicha O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 49 milliard 665 million dollarni tashkil etdi. Unga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 8 milliard 483 million dollarga ko‘paygan va 20,6 foiz o‘sishni qayd etgan. Shuningdek, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2013 yildan (22 milliard 408 million dollar) beri kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin Melis Turg'unboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing