Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 7 may kuni Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida tojiklar va qirg‘iz harbiy xizmatchilari o‘rtasida otishma yuz berdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati xabar berdi.

“Mahalliy vaqt bilan soat 12:20 lar atrofida Laylak tumanining Oq-Bosog‘o qishlog‘i yaqinida o‘qotar quroldan foydalanish bilan bog‘liq hodisa yuz berdi. Qirg‘iziston harbiylari davlat chegara chizig‘idan 250-300 m uzoqlikda mamlakat hududida mol o‘tlayotgan Tojikiston fuqarolari – cho‘ponlarni payqab qolgan”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Tojikiston fuqarolari chegarachilarning Qirg‘iziston hududini tark etish talablarini e’tiborsiz qoldirib, harbiy xizmatchilarga tosh ota boshlagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea vaqtida Tojikiston fuqarolaridan biri oyog‘idan yaralangan. 

“Ammo jarohat qanday sharoitda, qachon va qayerda olingani noma’lum, chunki Tojikiston huquq-tartibot idoralari faqat fotosuratni taqdim etishgan. Hozirda qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat barqaror”,  deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyi oxirlarida Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasi bo‘yicha kelishib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made