Bosh prokuratura tizimi xodimi o‘zini otib o‘ldirdi

Olam

image

Kecha, 13 mart kuni Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi huzuridagi sud ijrochilari xizmati rahbar o‘rinbosari Kubanichbek Kapalov o‘zini otib o‘ldirdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga Chon-Ariq qishlog‘i Kojomberdiyev ko‘chasida avtomobil salonida o‘q uzilgan jasad haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga Lenin tumani Ichki ishlar bo‘limining tezkor-tergov guruhi zudlik bilan yetib borgan. Tekshiruv davomida GAC rusumli avtomobil salonida 1981 yilda tug‘ilgan erkakning o‘qotar quroldan jarohat olgan jasadi aniqlangan. 

Keyinchalik marhum Bosh prokuratura huzuridagi sud ijrochilari xizmati rahbar o‘rinbosari lavozimida ishlagan Kubanichbek Kapalov ekani tasdiqlangan.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish chog‘ida militsiya xodimlari “Ij-18” markali 12 kalibrli silliq stvolli miltiq, 13 ta patron, gilza, ikkita mobil telefon, shuningdek, xayrlashuv maktubi va boshqa ashyoviy dalillarni olib qo‘ygan.

Sud-tibbiy ko‘rikning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, marhumning ko‘krak qismida o‘q jarohati aniqlangan. Jarohatlarning aniq xususiyati va darajasini belgilash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak qarz majburiyatlari sababli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.

Mazkur holat bo‘yicha Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi (Hayot va sog‘liq uchun xavfli zo‘ravonlik bilan tahdid qilish, shafqatsiz muomala yoki shaxs sha’nini kamsitish, bu ehtiyotsizlik oqibatida jabrlanuvchining o‘z joniga qasd qilishi yoki urinishiga sabab bo‘lishi) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, huquq-tartibot organlari voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Alacham tumanida erkak dastlab turmush o‘rtog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Qirg'iziston otib o'ldirdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing