Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
14 noyabr 7024 1 daqiqa
Bugun, 14 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:57 da Qirg‘iz Respublikasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Toshkentdan 328 km janubiy-sharqda joylashgan. Epimarkazda sezilish kuchi 4 ball. Magnitudasi 3,7. Chuqurligi: 10 km. Epimarkaz: O‘sh, Qirg‘iz Respublikasi. Koordinatalari 40,59 daraja shimoliy kenglik, 73,02 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Qo‘rg‘ontepa tumanida 2-3 ball, 23 km.
- Xonobod tumanida 2-3 ball, 23 km.
- Xo‘jaobod tumanida 2 ball, 33 km.
- Jalaquduq tumanida 2 ball, 36 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi