Qizg‘aldoqzorda ko‘ngilxushlik qilganlar jarimaga tortildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida qizg‘aldoqlar payhon qilinib, qo‘shiq aytilayotgani, shuningdek, mashinada gullar bosilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Makzur holatlar yuzasidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, har ikki holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi inspektorlari (Ekopolitsiya) tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish natijasida birinchi holatda tabiatga 6 million 592 ming so‘m zarar yetkazilganligi hisoblangan. Shuningdek, ikki nafar huquqbuzar A.J. va G. B. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘ridagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan (10 million 300 mingdan), jami 20 million 600 ming jarima belgilangan.

Ikkinchi holatda ham tabiatga 6 million 592 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan. Huquqbuzar M.R. ga nisbatan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘ridagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 50 baravari (20 million 600 ming so‘m) miqdorida jarima tayinlangan.

Ikki holatda huquqbuzarlar jami 54 million 384 ming so‘m jarima to‘lashi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi qizg‘aldoqzor bir necha avtomobil tomonidan payhon qilingandi. Buning ortidan huquqbuzarlarga jami 61 mln 800 ming so‘m jarima tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Ekologiya Qizg'aldoqzor qizg'aldoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing