Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li Putin nomidagi universitetning kuratori bo‘ldi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 16 yoshli o‘g‘li Adamni Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinladi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Aziz akam, Rossiya maxsus kuchlari universiteti boshlig‘i Baybetar Vayxanovning iltimosiga ko‘ra, men Adam Qodirovni Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinlashga qaror qildim. U mashhur universitet faoliyati bilan yaqindan tanish, shuning uchun ham o‘ziga yuklangan mas’uliyatni a’lo darajada bajara olishiga ishonaman”, deb yozadi Ramzan Qodirov.

Ma’lumot uchun, Adam Qodirov Checheniston Qahramoni unvoni, "Qorachay-Cherkesiya oldidagi xizmatlari uchun", 1-darajali "Ummat oldidagi xizmatlari uchun", "Kabardino-Balkar Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun", "Duslik" (Tataristonning ikkinchi muhim ordeni) ordenlari bilan taqdirlangan. Ikki akasi bilan birgalikda Adam Qodirov Checheniston parlamentining eng yuqori "Daimehkan Siy" ordeni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Adam Qodirov Rossiyaning “Mehnat jasorati” ordeni va Yevrosiyo universitetlari assotsiatsiyasi medali bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston Adam Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made