Qonli yoshlar, vahimaga to‘lgan yurakchalar. Bolalarning faryodini kim tinglaydi?

Olam

image

HAMAS-Isroil qurolli to‘qnashuvlari natijasida butun dunyo ko‘z o‘ngida minglab odamlar halok bo‘lmoqda.  Eng achinarlisi ularning katta qismini bolalar tashkil qiladi.

Jumladan, JSST rahbari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida shu kunga qadar 10 ming 800 dan ortiq odam o‘ldirilgan. Ularning deyarli 70 foizi ayollar va bolalardir. Bu sektorda har 10 daqiqada o‘rtacha bitta bola halok bo‘lishini anglatadi. 

Shuningdek, shu vaqtga qadar Isroilning hujumlari oqibatida G‘azoda 26 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Rossiya elchixonasining xabar berishicha, mojaro avj olgan paytda 20 nafar rossiyalik halok bo‘lgan, ikki nafari garovga olingan, yetti nafari esa bedarak yo‘qolgan. 

Urush har ikki tomondan ham tinch aholi vakillarini o‘z domiga tortmoqda. Jumladan, mahalliy hokimiyat bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda 1 ming 400 dan ortiq odam, shu jumladan 300 harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Shuningdek, turli manbalarga ko‘ra, 150 ga yaqin isroillik HAMAS tomonidan asirda bo‘lishi mumkin. Harakatning o‘zi G‘azo sektorida 200-250 ga yaqin mahbus borligini ma’lum qilgan. 

Save the Shildren xalqaro xayriya tashkilotining ma’lum qilishicha, G‘azo sektorida uch haftalik urush davomida halok bo‘lgan bolalar soni 3 ming 195 nafarni tashkil qilgan. Shundan 33 nafar bola G‘arbiy Sohilda o‘ldirilgan. Isroilda esa 29 nafar bola halok bo‘lgan.

Bu 2019-2022 yillar oralig‘ida bir yil ichida butun dunyo bo‘ylab 20 dan ortiq mamlakatlardagi urushlarda halok bo‘lgan bolalar sonidan ham ko‘p. Ushbu raqamlar G‘azoda mingga yaqin bola bedarak yo‘qolganligi sababli ko‘payishi kutilmoqda. 

G‘azoda shu vaqtga qadar vafot etgan bolalarning ko‘rsatkichi esa 6 ming 360 kishiga yetdi. G‘arbiy Sohildagi jarohatlanganlarning umumiy ko‘rsatkichi – 180 ta, Isroilda esa 74 taga yetgan. 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi shifoxonalarning uchdan bir qismi elektr quvvati yo‘qligi va Isroil tomonidan to‘liq blokadaga olingani sababli ishlamayapti. “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti yarador bolalarning oyoq-qo‘llarini "narkoz" qilmasdan kesishiga to‘g‘ri kelayotganini bildirgan. 

Shifoxonalardagi holatlar gumanitar yordamlarning kiritilmayotgani va resurslarning yetishmayotgani sabab og‘irlashayotgani yetmagandek, Isroil mudofaa kuchlariga tegishli tanklar kecha, 10 noyabr kuni G‘azo sektoridagi Al-Rantisi bolalar kasalxonasini ham qurshab oldi.

Natijada reanimatsiya bo‘limidagi bolalarni tibbiyot muassasasidan evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Shifoxona direktorining aytishicha, Isroil harbiy-havo kuchlari kasalxonaga tutash hududga zarba berishi oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, ko‘plab bemorlar og‘ir jarohatlangan.

Butun dunyo yetakchilari va mashhurlar har ikki tomondan sulh tuzishni so‘ramoqda. Urush tugamas ekan, ikki davlat aholisi, shu jumladan bolalarning o‘limi ham ortib boraverishi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

JSST BMT Shifoxona Isroil gumanitar yordam G'azo Urush Bolalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made