Qoraqalpog‘istonda YTHga uchragan haydovchi mashina salonida qolib ketdi (video)
3-sahifa
−
19 aprel 11041 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB qutqaruvchilari YTHga uchragan haydovchiga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa kecha, 18 aprel kuni Nukus shahridagi avtomobil yo‘llaridan birida sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi avtomobil salonida qisilib qolgan. FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika yordamida jabrlanuvchini shikastlangan transport vositasidan sog‘-omon chiqarib olgan.
Shifokorlarga ko‘ra, haydovchi jiddiy tan jarohatlari olmagan va hozirda uning ahvoli yaxshi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Cobalt avtomobili kanalga tushib ketgandi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi