Qozog‘iston chegarasida harbiy va uning farzandi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 6 dekabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi Narinko‘l chegara postida joylashgan xizmat binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) Chegara xizmati ma’lum qildi.

Rasmiy axborotga ko‘ra, yong‘in Favqulodda vaziyatlar departamenti tomonidan tezkor ravishda o‘chirilgan. Biroq hodisa oqibatida chegara xizmatining bir harbiy xizmatchisi va uning voyaga yetmagan farzandi halok bo‘lgan.

Vaziyat yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Yong‘in kelib chiqishining aniq sabablari, xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan-qilinmaganligi, xizmat binosining texnik holati va boshqa omillar bo‘yicha ekspertiza tayinlangan.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan paytda binoda nechta xodim bo‘lgani, shuningdek, yong‘in qanchalik tez tarqalganiga oid tafsilotlar hozircha oshkor qilinmagan. 

Shuningdek, chegara xizmati marhum harbiy xizmatchining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi.

“Ularga barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gonkongda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shahardagi so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik yong‘in fojiasi yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida 13 kishi qasddan odam o‘ldirishda gumonlanib, hibsga olingan. Tergovchilarning aytishicha, yong‘inning bu qadar kuchayishiga qurilishda qo‘llanilgan past sifatli materiallar sabab bo‘lgan. Fojiada 151 dan ortiq odam halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing