Qozog‘istonda 16 nafar o‘zbekistonlik gazdan zaharlandi

Olam

image

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra joriy yilning 3 iyun kuni soat 00:15 da Qorag‘anda shahrida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlanishi qayd etilgan. 

O‘zbekistonliklar joylashtirilgan Qorag‘anda viloyati tibbiyot markazi toksikologiya bo‘limi tomonidan og‘zaki berilgan ma’lumotga binoan quyidagi O‘zbekiston fuqarolari zaharlangan: 

- 2001 yil 20 iyulb kuni tug‘ilgan Husanov Sardor;

- 1998 yil 15 aprel kuni tug‘ilgan Valentin Jo‘rayev;

- 1973 yil 8 fevral kuni tug‘ilgan Sharif Husanov;

- 1996 yil 17 oktyabr kuni tug‘ilgan Alisher Tochkanov;

- 1992 yil 30 mart kuni tug‘ilgan Bahodir Ne’matov;

- 1986 yil 12 aprel kuni tug‘ilgan Odil Elboyev;

- 1992 yil 2 fevral Farrux Yelboyev;

- 1999 yil 10 mart kuni tug‘ilgan Shaxzod Tochkanov;

- 1995 yil 24 oktyabr kuni tug‘ilgan Dostan Tochkanov;

- 1996 yil 15 fevral kuni tug‘ilgan Oybek Tochkanov;

- 1995 yil 1 avgust kuni tug‘ilgan Obid Salloxodinovich Iskandarov;

- 1998 yil 1 yanvar kuni tug‘ilgan Azbek Samiyev;

- 1976 yil 25 yanvar kuni tug‘ilgan Egamberdi Xusanov;

- 1991 yil 1 yanvar kuni tug‘ilgan Izzat Maurutov;

- 1990 yil 1 yanvar kuni tug‘ilgan Niyoz Husanov ;

- 1982 yil 18 aprel kuni tug‘ilgan Kobonuyet Husanov. 

Qozog‘iston vakolatli organlarining dastlabki taxminlariga ko‘ra mazkur hodisa O‘zbekiston fuqarolari ta’mirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan. 

O‘zbekistonliklar “maishiy gaz, jumladan is gazidan ingalyatsion zaharlanishning o‘rtacha og‘irlik darajasi. Toksikogipoksik ensefalopatiya” tashxisi bilan shifxonaga joylashtirilgan.

Egamberdi Husanov, Izzat Maurutov, Niyoz Husanov va Kobonuyet Husanovga sog‘lig‘ining baqarar holatda ekanligi munosabati bilan ruxsat berilgan. 

Qayd etilishicha, Qorag‘anda shahri huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

gaz zaharlanish Qorag'anda

Baholaganlar

22

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made