Hozirgacha Qozog‘istondagi saylovda aholining necha foizi ishtirok etgani ma’lum

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 9 iyun kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

Saylov tonggi soat 6:00 da boshlangan edi.

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasining xabariga ko‘ra, soat 18:00 ga kelib mamlakat saylovchilarining 72,9 % nomzodlarga o‘z ovozini berib bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Prezidentlik saylovlarida Qosim-Jomart Toqayev, Jambil Axmetbekov, Daniya Yespayeva, Toleutay Rahimbekov, Amirjan Kosanov, Sadibek Tugel va Amangeldi Taspixovlar kurash olib bormoqda.

Shuningdek, saylovda Elboshi Nursulton Nazarboyev, mamlakatning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va Bosh vazir Asqar Mamin ham ovoz berdi.
 
Saylovda 50 foizdan ko‘p ovoz to‘plagan nomzod Prezident etib saylanadi.

Ovoz berish jarayoni soat 20:00 ga qadar davom etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

saylov qozog'iston nursulton prezident

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing