Qozog‘istonning neft va oltini qancha yilga yetishi aytildi

Olam

image

Qozog‘istonda neft hozirgi qazib olish sur’atini hisobga olganda, 50 yilga yetadi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Qozog‘iston Geologiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Qanat Yerubayev Sotsial-iqtisodiy kommunikatsiya markazida o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Yerubayevning aytishicha, Qozog‘iston hududida 4 milliard tonnadan ortiq neft mavjud. Hozirgi qazib olish sur’atini hisobga olganda, bu resurs taxminan 50 yilga yetadi. Oltin esa chegaralangan muddatli strategik metall hisoblanadi va davlat hisobida taxminan 2,3 ming tonna qayd etilgan. Hozirgi qazib olish sur’ati bilan bu zaxiralar taxminan 37 yilga yetadi.

Kanat Yerubayevning so‘zlariga ko‘ra, zaxiralarni o‘rganish doimiy olib boriladi, zaxiralar yangilanadi, davlat tomonidan yerosti boyliklari tadqiq qilinadi. Bu esa mamlakatning umumiy potensialini oshiradigan yangi manbalarni topishga imkon beradi. Resurslar tugashining aniq sanasini aytib bo‘lmaydi, chunki qazib olish va zaxiralarni yangilash jarayoni uzluksiz davom etadi.

Brifingda gaz va uran bo‘yicha aniq raqamlar keltirilmagan bo‘lsa-da, Yerubayev mamlakatni rivojlantirish dasturi doimiy yerosti tadqiqotlarini va yangi manbalarni izlashni nazarda tutishini ta’kidlagan. Bu esa mamlakatning resurs potensialini cheksiz muddatga uzaytirishga imkon beradi.

Qanat Yerubayevning bildirishicha, Geologiya qo‘mitasi boshqa davlat organlari bilan birgalikda iqtisodiyotni yangi energiya manbalariga va mavjud resurslarni qayta ishlashga o‘tkazish bo‘yicha strategik dasturlar ishlab chiqmoqda. 

Qolaversa, neft, gaz va oltin zaxiralari kamayishi mumkin bo‘lsa ham, Qozog‘iston yangi konlarni topish va resurslardan samarali foydalanish texnologiyalarini joriy etish orqali qazib olish va iqtisodiy rivojlanishni davom ettira oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston nefti rekord darajada arzonlashgani haqida xabar berilgan edi.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing