“Qo‘rqoqlar”. Tramp NATOni tahqirlab, unga tahdid qildi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp NATOdan chiqish masalasini jiddiy ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. U bu fikrni bugun, 2 aprel kuni Eron urushi bo‘yicha xalqqa yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi.

Trampga ko‘ra, NATO davlatlari Eron bilan urushda AQSHni qo‘llab-quvvatlamagan. U alyansni “qog‘oz yo‘lbarslar” deb atab, hatto Vladimir Putin ham buni bilishini ta’kidlagan. Uning fikricha, ittifoqchilar AQSHga avtomatik ravishda yordam berishi kerak edi, chunki AQSH ilgari boshqa davlatlarni, jumladan Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan.

Tramp, shuningdek, agar NATO davlatlari Hormuz bo‘g‘ozini ochish operatsiyasida ishtirok etmasa, alyansni “juda yomon kelajak” kutayotganini aytgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH ittifoqchilardan Hormuz bo‘g‘oziga harbiy kemalar yuborishni so‘ragan, biroq Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya bunga rozi bo‘lmagan. Germaniya kansleri Fridrix Mers NATO mudofaa ittifoqi ekanini, hujum operatsiyalarida qatnashmasligini bildirgan.

Buyuk Britaniya yordam masalasini o‘rganib chiqishini aytgan bo‘lsa, Fransiya va Italiya Eron bilan bevosita kelishuv orqali o‘z kemalarining o‘tishini ta’minlashni afzal ko‘rgan. Keyinchalik Shvetsiya ham bu tashabbusni rad etgan.

Shundan so‘ng Tramp AQSH endi operatsiyada qatnashishni istamagan davlatlarga yordam bermasligini bildirib, ularni “qo‘rqoq” deb atagan. AQSH Davlat kotibi Marko Rubio esa Eron bilan urush tugagach, NATOning ahamiyatini qayta baholash kerakligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp murojaatida Eron bilan harbiy operatsiya deyarli barcha maqsadlarga erishgani va yana 2–3 hafta davom etishini ma’lum qilgandi. Prezidentning ta’kidlashicha, Eron allaqachon o‘zining flotidan va harbiy-havo kuchlaridan deyarli mahrum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Donal'd Tramp Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing