Quruqlik hujumi Rafahni qabristonga aylantirishi mumkin – “Chegara bilmas shifokorlar”

Olam

image

G‘azo sektorining janubiy blokadasi ostidagi Rafah shahriga genotsidda ayblanayotgan Isroilning quruqlikdagi hujumi mintaqani “qabristonga” aylantirishi mumkin. Bu ogohlantirishni “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro nohukumat tashkilotining Amerika bo‘limi ijrochi direktori Avril Benoit e’lon qildi.

“Chegara bilmas shifokorlar” veb-saytida e’lon qilingan bayonotda Benoit Isroilning Rafahda davom etayotgan hujumi mintaqada gumanitar falokat keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etgan. Isroil zudlik bilan quruqlikdagi hujum rejalarini to‘xtatishi kerak. Harbiy hujumlar sonining yanada ko‘payishi Rafahdagi aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilishni anglatadi”, deydi “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti vakili.

Uning ta’kidlashicha, bir yarim milliondan ortiq odam Rafah shahridagi kichik bir yerga to‘planishga majbur. Tashkilotning Amerika bo‘limi ijrochi direktori Rafahga quruqlikdan hujum uyushtirilsa, G‘azo sektoriga allaqachon og‘ir sharoitlarda amalga oshirilgan gumanitar yordam yetkazilishi xavf ostida qolishi haqida ogohlantirdi.

U Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroilga eng katta harbiy va moddiy yordam ko‘rsatuvchi davlat ekanini eslatdi.

"Qonunga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar inson huquqlari buzilishini qo‘llab-quvvatlamasligi kerak", deya qo‘shimcha qildi Benoit.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Falastin harakati Qatar va Misrning G‘azo sektorida nisbiy o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilish qarorini e’lon qilgan edi. Buning ortidan Isroil harbiy hukumati Rafahga hujumlarni davom ettirishga qaror qildi. Isroil armiyasi shahar sharqidagi ko‘chirilganlar yashaydigan qator mahallalarni bo‘shatishni talab qilgan. Isroil armiyasi radiosining xabar berishicha, evakuatsiya 100 mingga yaqin odamga ta’sir qiladi. Isroil armiyasi evakuatsiya qilishni talab qilayotgan hududga Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat punkti ham kiradi. Rafah G‘azoga gumanitar yordamlar olib kiriladigan asosiy o‘tish joyi va G‘azo sektoridagi falastinliklar xorijga sayohat qilish uchun foydalanadigan yagona o‘tish joyidir.


Maqola muallifi

Teglar

Amerika G'azo Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made