Quruvchilar diqqatiga! Toshkentdagi barcha qurilish ob’ektlari tekshiriladi
Jamiyat
−
25 noyabr 3004 2 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tashkil etilgan poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya qurilish ob’ektlarida tekshiruvlar o‘tkazadi.
Maxsus komissiya bir hafta muddatda Toshkent shahrida qurilish uchun ajratilgan 500 kv metr va undan ortiq maydonlarda quyidagi talablar asosida kompleks tukshiruv ishlarini amalga oshirishi kerak:
• Umumiy maydonning 25 foizi ko‘kalamzorlashtirilgani;
• qurilish maydonlarida suvpurkagichlar o‘rnatilgani;
• qurilish maydonlarining kirish-chiqish yo‘laklarida avtotransport vositalarining g‘ildiraklarini yuvish hovuzlarining barpo etilgani;
• qurilish materiallari va maishiy chiqindilarni tashishda transport vositalarining brezent yoki PVX qoplamali materiallardan tayyorlangan tent yopilgan tarzda harakatlanishi;
• qurilish maydonining chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmayotgani.
Shuningdek, o‘rnatilayotgan yangi tartibga ko‘ra:
• Maydoni 1000 kv metrdan ko‘p bo‘lgan qurilish uchastkalarida fon monitoring stansiyalarini o‘rnatish va uni Ekologiya qo‘mitasiga integratsiya qilish qurilishni davom ettirishning eng asosiy sharti etib belgilanadi;
• Toshkent shahar hokimligi tomonidan yoz-kuz mavsumida asosiy yo‘l chetlarida mavjud bo‘lgan daraxt va butalarni kunning birinchi qismida hamda haftada kamida uch marta yuvish ishlari va tegishli xulosaga asosan biotexnik tadbirlar amalga oshiriladi;
• jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlari egalik qilib turgan yer maydoni hududidagi dov-daraxtlarni sug‘orish maqsadida ichimlik suvidan foydalanish vaqtiga qo‘yilgan cheklov (soat 00:00 dan boshlab, 05:00 gacha) bahor va yoz fasllarida bekor qilinadi. Bunda:
• ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda foydalanish bo‘yicha cheklov o‘z kuchida qoladi;
• ko‘p kvartirali uylarga sug‘orish uchun suv rezervuarlarini o‘rnatish choralari ko‘riladi.
Live
Barchasi