Qo‘shni mamlakatdan olib kelingan “gashish” to‘xtatib qolindi
3-sahifa
−
18 iyun 1629 1 daqiqa
Qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan qariyb 4 kg “gashish” musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent – Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina Pop tumanidagi Namangan YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Namangan shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsga tegishli sumkada 3 kg 956 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur giyohvandlik vositasini o‘zining 1989 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan hamshahari bilan til biriktirib, qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kelgani aniqlangan va u ham protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga olib kirilgan 25 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolingan edi.
Live
Barchasi