“Katta rejalar bilan keldik”. Prezident Sirdaryoga bordi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 dekabr kuni Sirdaryo viloyatiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Prezident viloyat faollari va nuroniylar bilan muloqot qildi. Iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, yoshlar tarbiyasi va hududning kelajagiga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq suhbat bo‘ldi. Davlat rahbari odamlardagi tashabbuskorlik islohotlar samarasini oshirishda hal qiluvchi omil ekanini ta’kidladi.

“O‘zgarishlar, avvalo, mahallalarda sezilishi kerak. Sizlar odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishingiz zarur. Hammamiz uyg‘oq va faol bo‘lsak, harakatlarimiz, olib borayotgan islohotlarimiz albatta natija beradi. Sirdaryoga katta rejalar bilan kelganmiz. Sizlarni eshitib, bamaslahat bu rejalarni amalga oshiramiz”, dedi Prezident.

Davlat rahbari viloyatga tashrifi davomida sanoat korxonalari faoliyati va mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilab beradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga borgandi. Viloyatda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgandi hamda Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing