Kayl Uoker terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
Sport
−
12:01 517 1 daqiqa
“Byornli”ning o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uoker Angliya terma jamoasi safidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
35 yoshli Kayl Uoker milliy terma jamoada 14 yil to‘p surgan. Shu vaqt davomida u 96 ta o‘yinda maydonga tushib, Yevro 2020 va Yevro 2024 turnirlarida kumush medallarni qo‘lga kiritdi. U terma jamoa safidagi so‘nggi uchrashuvini 2025 yilning yozida Senegalga qarshi o‘tkazgan.
“Bu qarorni qabul qilganimdan xafaman, ammo Angliya terma jamoasi bilan erishgan yutuqlarimdan nihoyatda faxrlanaman. Mamlakatimni beshta yirik turnirda himoya qilish, finalga chiqish va bu jamoaning bir qismi bo‘lish katta sharaf edi. Ammo bugun bu yo‘l o‘z nihoyasiga yetdi”, deydi futbolchi.
Ma’lumot uchun, Uoker xalqaro maydondagi debyutini 2011 yilda o‘tkazgan. U terma jamoa safida 2018 va 2022 Jahon chempionatida hamda 2016, 2020, 2024 yilgi Yevro turnirlarida ishtirok etgan. Klub darajasida Uoker “Sheffild Yunayted”, “Kuinz Park Reyndjers”, “Aston Villa”, “Tottenxem”, “Manchester Citi” jamoalarida o‘ynagan. 2025 yildan buyon esa “Byornli” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Live
Barchasi