Kecha tayinlangan Qoraqalpog‘iston prokuroriga maxsus unvon berildi
Jamiyat
−
02 avgust 19739 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Shoxruh Azamatovich Aminovga 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoni berildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
U kecha, 1 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida hozirgi lavozimiga tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, Shoxruh Azamatovich Aminov 1981 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. U 2018-2020 yillarda Navoiy viloyati prokurori, 2020-2022 yillarda Sirdaryo viloyati prokurori bo‘lgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Jahongir Jo‘rayevich Hatamov Bosh prokuror o‘rinbosari – Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi