Keyn tarixiy rekordga erishdi
Sport
−
15 Oktabr 1620 1 daqiqa
Angliya terma jamoasi sardori va hujumchisi Harri Keyn yana bir tarixiy natijaga erishdi. U Latviya ustidan 5:0 hisobida qozonilgan g‘alabada dubl qayd etib, terma jamoa safida 13 ta o‘yinda bittadan ortiq gol urgan futbolchi sifatida yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Opta” analitik kompaniyasi xabar berdi.
Shu tariqa, Keyn “Uch sherlar” afsonasi Net Loftxausning 12 ta shunday o‘yindagi natijasini ortda qoldirdi va Angliya terma jamoasi tarixidagi eng samarali hujumchi safida yana bir bor o‘z nomini tarixga muhrladi.
Harri Keyn Latviyaga qarshi uchrashuvda 44 va 45+4-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa Keyn JCH–2026 saralash Yevropa bosqichidagi 6 ta o‘yinda jami 6 ta gol urib, saralash bosqichining eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lib turibdi. Eng yaxshi to‘purar esa Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand hisoblanadi. Uning hisobida 12 ta gol mavjud.
Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alaba bilan Angliya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ilk Yevropa jamoasiga aylangandi.
Live
Barchasi