“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘lining qurilishi qanchaga tushishi aytildi  

Jamiyat

image

"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temiryo‘lining qurilishi 8 mlrd dollarga baholanmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov ma’lum qildi.

Japarovga ko‘ra, ushbu temiryo‘l qurilishini boshlashga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yakunlangan.

"Barcha jarayonlar yakunlandi va bu yil biz "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temiryo‘li qurilishi boshlanishini kutmoqdamiz. Bu bizga Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Kaspiy dengizini o‘z ichiga olgan, O‘rta yo‘lga chiqish imkoniyatini beradi. U bizni dengizga, Yevropaga – global va boshqa tarmoqlar, temiryo‘l liniyalari va dengiz yo‘llariga olib chiqadi. Qirg‘iziston nihoyat dengizga chiqa olmagan davlat maqomini yo‘qotadi", degan Japarov. 

Ta’kidlanishicha, ayni paytda temiryo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yangilanish bosqichida.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made