Xitoy va AQSH rahbarlari G20 sammitida uchrashuv o‘tkazadi

Olam

image

XXR raisi Si Szinpin va AQSH prezidenti Donald Tramp Osaka shahrida 28-29 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda South China Morning Post  nashri xabar tarqatdi. 

Uchrashuv doirasida har ikki tomon vakillari savdo-iqtisodiy masalalarni muhokama qiladi va davlatlar o‘rtasidagi tovar oldi-sotdisida qo‘llanilayotgan ustama bojlari yuzasidan ham muzokaralar o‘tkazadi. 

Ma’lumot uchun, joriy yil 5 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp 10 may sanasidan Xitoydan olib kirilayotgan mahsulotlarga 25 foiz boj solinishi haqidagi xabar bergan edi. Unga ko‘ra, Xitoydan AQSHga kiritilayotgan mahsulotlarning ilk 200 milliardlik qismiga 25 foizlik boj solig‘i solinadi. 200 mlrd.dan oshganiga 10 foizlik boj solig‘i solinadi.

Bunga javoban Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi AQSH tovarlariga nisbatan bojxona tariflarini oshirgandi. Unga ko‘ra AQSHning 2493 nomdagi mahsulotlari uchun 25 foiz, 1078 turdagi tovarlarga 20 foizlik ustamalar qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, 974 turdagi mahsulotlarga 10, to‘rtinchi guruhga kiruvchi 595 xil tovarga 5 foizlik ustamalar belgilandi.   

Xitoy va AQSH o‘rtasida savdo urushi 2018 yil 6 iyulda boshlangan edi. Bu haqda Jahon banki prezidenti Jim Yon Kim rivojlanayotgan mamlakatlarni kelajakda savdo bahslariga tayyor turishga chaqirib, “Savdo ziddiyatlari kuchayishidan oldin bu mamlakatlar tayyorgarligini ko‘rishi, ularga maslahat berishimiz kerak. Hozir har biri bilan shu mavzuda gaplashyapmiz”, degandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

6

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing