Xitoy va Rossiya ko‘p qutbli dunyo shakllanishi to‘g‘risida deklaratsiya imzoladi (video)
Olam
−
20 may 3048 1 daqiqa
Bugun, 20 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Pekinda “Ko‘p qutbli dunyoning shakllanishi va yangi tipdagi xalqaro munosabatlar to‘g‘risida”gi deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Rossiya yetakchisi Si Szinpinning taklifiga binoan ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘lib turibdi. Ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalar uchun poydevor hisoblangan Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining 25 yilligiga bag‘ishlangan.
Muzokaralardan so‘ng ikki davlat rahbarlari “Ko‘p qutbli dunyoning shakllanishi va yangi tipdagi xalqaro munosabatlar to‘g‘risida”gi deklaratsiyaga imzo chekkan. Ular, shuningdek, “Har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida”gi bayonotni ham qabul qilgan.
Bundan tashqari, tomonlar bir nechta hukumatlararo, idoralararo va tijorat hujjatlarini qabul qilgan. So‘z Rossiya va Xitoyning atom energetikasi, sanoat, savdo, transport, qurilish, ta’lim, kinematografiya va boshqa sohalardagi hamkorligini chuqurlashtirish haqida bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin Xitoyda Si Szinpin bilan muzokaralarni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may