Xorazmdagi YTHda 16 yoshli qiz vafot etdi (video)
3-sahifa
−
14 noyabr 35251 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida katta tezlikda kelayotgan Gentra piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu YTH joriy yilning 10 noyabr kuni Yangiariq tumanining “Tagan” MFY xududidan o‘tgan D221-sonli avtomobil yo‘lining 11-kilometrida yuz bergan. 37 yoshli Lacetti haydovchisi mashinasini boshqarib kelayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Yangiariq tumanida yashovchi, 2009 yilda tug‘ilgan qiz ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Holat yuzasidan Yangiariq tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, xozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahri hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lida bir nechta transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasida 7 kishi halok bo‘lgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr