Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining ma’lumotlari o‘g‘irlandimi?
Jamiyat
−
29 aprel 3094 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Kiberxavfsizlik markazining ichki tizimlariga buzib kirilgani va xodimlarning ma’lumotlari sizdirilgani haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida markazning axborot tizimlariga hech qanday ruxsatsiz kirish holatlari aniqlanmagan.
Shuningdek, markaz faoliyatida bunday turdagi ma’lumotlar bazasidan foydalanilmasligi ma’lum qilingan.
O‘zi nima bo‘lgandi?
Joriy yilning 27 aprel kuni hakerlar tomonidan O‘zbekistondagi Kiberxavfsizlik markazi DUK xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari sotuvga qo‘yildi. Hakerlardan biri markazning 100 nafar xodimining shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qilgan. Ma’lumotlar orasida xodimlarning ism-familiyasi, kompaniyadagi lavozimi hamda JSHSHIR raqamlarini ko‘rish mumkin. Qolaversa, ichki ma’lumotlar bazasidan bevosita olingan ma’lumotlar, xususan Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining to‘liq ro‘yxati “ancha katta” ekani va “ancha maxfiyroq” ma’lumotlar ham borligi da’vo qilingan. Haker O‘zbekiston rasmiylari ma’lumotlarning to‘liq e’lon qilinishini uchun 200 ming dollar talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15 million O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy ma’lumotlari sizdirilgani va Dark Web’ga joylashtirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ichki ishlar vazirligi ular tasarrufidagi barcha axborot tizimlarining xavfsizligi to‘liq ta’minlanganini, shaxsga oid ma’lumotlarning daxlsizligi buzilmagani va tashqi manbalar orqali kirish holatlari aniqlanmaganini bildirdi.
Live
Barchasi