Kim Chen In Shimoliy Koreyadagi hammomlarni ko‘zdan kechirdi
Olam
−
13:11 5930 1 daqiqa
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Shimoliy Hamgyong provinsiyasida joylashgan Onpho ishchilar dam olish lagerining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Kimning so‘zlariga ko‘ra, odamlar uchun ajoyib dam olish xizmat bazasi sifatida qayta ta’mirlangan dam olish lageriga nazar tashlash, unga yana bir foydali ish qilganidan faxrlanish hissini uyg‘otgan.
Kim Chen In 2018 yilda mazkur maskanni kompleks xizmat va terapiya markaziga aylantirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Kurortni to‘liq ishga tushirish fevral oyiga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya Raketa qurilishi bosh boshqarmasi o‘tgan yilning 24 dekabr kuni katta balandlik va uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi zenit raketalarining sinov uchirishini amalga oshirgandi. Sinov jarayonini KXDR yetakchisi Kim Chen In shaxsan kuzatgan va sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan ishlab chiquvchilarni tabriklagan.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi