Kolumbiyadagi portlashda 14 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Kolumbiyaning janubi-g‘arbida joylashgan Kauka departamentida kuchli portlash yuz berdi. Hodisa Panamerika shossesida sodir bo‘lgan. Bu haqda hudud gubernatori Oktavio Gusman X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Unga ko‘ra, portlash odamlar gavjum paytda yuz bergan va oqibatda 14 kishi halok bo‘lgan. Yana kamida 38 kishi jarohat olgan, ular orasida 5 nafar voyaga yetmaganlar ham bor.

Portlash oqibatida yo‘l infratuzilmasiga, ayniqsa Panamerika shossesiga jiddiy zarar yetgan. Gubernator halok bo‘lganlar yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilayotganini aytgan.

Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro ushbu hujumni keskin qoralab, uni sodir etganlarni “terrorchilar, fashistlar va narkosavdogarlar” deb atagan. U xalqaro darajada bu guruhga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirib, moliyaviy manbalarini aniqlash va yo‘q qilish zarurligini ta’kidlagan.

Rasmiylar voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda pirotexnika ishlab chiqarish korxonasida portlash oqibatida kamida 13 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kolumbiya Gustavo Petro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing