“Krokus”dagi teraktga aloqador yana bir tojikistonlik ushlandi 

Olam

image

Moskva viloyatidagi “Krokus” konsert zalida sodir bo‘lgan terakt ishiga aloqador yana bir shaxs hibsga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga yaqin manbasiga tayanib, RBK xabar berdi.

Hududiy politsiya bo‘limidagi manbani tasdiqlashicha, 2003 yilda Tojikistonning Parhor shahrida tug‘ilgan Jumaxon Begijonovich Qurbonov qo‘lga olingan. U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (odamning qasddan o‘limiga olib keladigan terrorchilik harakatini sodir etish) 3-qismi bilan ayblanmoqda.

Ma’lumot uchun, 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl”ning konsert zalida bir guruh qurollangan shaxslar otishma boshlagan, keyin esa o‘t qo‘ygan. ISHIDning "Viloyat Xuroson" nomli yacheykasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Rossiya rasmiylari terakt ortida Ukraina turganini da’vo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, teraktdan so‘ng to‘rt nafar asosiy gumonlanuvchini 22 mayga qadar qamoqda saqlash haqida sud qarori chiqqandi. Keyinchalik Dilovar va Aminxon Islomovlar hamda ularning otasi Isroil Islomov 25 mart kuni, teraktdan uch kun o‘tib hibsga olingan edi. Tergovchilarning aytishicha, Islomovlar dastlab qo‘lga olingan 4 nafar gumonlanuvchiga mashina va uy-joy bilan yordam bergan. Keyinchalik terakt ishtirokchilariga kvartirani ijaraga berganlikda ayblanayotgan Qirg‘izistonda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Alisher Qosimov ham hibsga olindi. Aprel oyi boshida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskva, Yekaterinburg va Omsk shaharlarida “Krokus Siti Holl”dagi teraktga aloqadorlikda gumon qilingan yana uch nafar shaxsni qo‘lga oldi


Maqola muallifi

Teglar

Moskva terakt Krokus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing