La Liga Valverdeni bir o‘yinga diskvalifikatsiya qildi
Sport
−
26 mart 785 1 daqiqa
La Liga tashkiloti “Real Madrid” jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘yinda (3:2) qizil kartochka olgani sababli chempionat doirasidagi bir o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Urugvaylik futbolchi joriy yilning 22 mart kuni La Liganing 29-tur doirasidagi Madrid derbisida Aleks Baenani orqasidan oyoqlariga tepganligi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Texnik hakamlar qo‘mitasi hakam Xose Luis Munueraning qarorini qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi va Musobaqalar qo‘mitasi Valverdega La Ligada bir o‘yinga diskvalifikatsiya jazosini tayinlagan. Avvalroq futbolchi ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shu sababli, Valverde joriy yilning 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan 30-tur doirasidagi “Malyorka”ga qarshi safar o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, ayni damda “Real Madrid” La Liga turnir jadvalida 69 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Ular peshqadam “Barselona”dan 4 ochko ortda qolmoqda.
Live
Barchasi