La Ligada chempionlik kurashi avj olmoqda

Sport

image

Kecha, 21 dekabr kuni Ispaniya La Ligasining 17-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu turda peshqadam “Barselona” “Vilyarreal” ustidan kichik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Real Madrid” o‘z maydonida “Sevilya”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi. Diyego Simeone shogirdlari esa “Jerona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

“Valensiya” 1:1 “Malorka” 

“Valensiya” o‘z maydonida “Malorka”ni qabul qildi va 1:1 hisobidagi durrangga imzo chekdi. Dastlab mehmonlar safida Samuel Kosta hisobni ochgan bo‘lsa, Ugo Duro o‘radagi muvozanatni tikladi.

“Real Ovedo” 0:0 “Selta” 

Bu uchrashuvda jamoalar ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi. Har ikkala jamoa xato qilishdan qo‘rqib, golsiz durrang qayd etdi.

“Osasuna” 3:0 “Alaves” 

“Osasuna” o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi. Budimirning dubli va Raul Garsiyaning goli mezbonlarga muhim 3 ochko taqdim etdi.

“Levante” 1:1 “Real Sosedad”

Dastlab “Real Sosedad” birinchi bo‘lim yakunida Kuboning goli evaziga g‘alaba qozonayotgan edi, biroq uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Adrian de la Fuentening goli yakunda durrang bo‘lishini ta’minladi.

“Real Madrid” 2:0 “Sevilya” 

“Real Madrid” Bellingem va Mbappening gollari evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Mezbonlar Markaoning qizil kartochkasi tufayli bir kishi kam bo‘lib harakat qildi va yetarli qarshilik ko‘rsata olmadi.

“Jirona” 0:3 “Atletiko Madrid” 

 Diyego Simeone shogirdlari “Jirona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Koke, Gallaxer va Grizmanning gollari madridliklarga jadvalda kuchli uchlikka qaytib olish imkonini berdi.

“Vilyarreal” 0:2 “Barselona” 

Turning markaziy uchrashuvida “Barselona” “Vilyarreal” maydonidan g‘alaba bilan qaytdi. Uchrashuvda dastlab Rafinya penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Lamin Yamal ikkinchi golni kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

“Elche” 4:0 “Rayo Valekano” 

“Elche” kutilmaganda o‘z maydonida “Rayo Valekano”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Fort, Rodriges, Valera va Netoning gollari evaziga mezbonlarga ishonchli g‘alaba keltirildi.

“Real Betis” 4:0 “Xetafe” 

“Real Betis” ham o‘z maydonida “Betis” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Real Betis” jadvalda 6-o‘ringa ko‘tarildi, “Xetafe” esa 11-pog‘onaga tushib qoldi.

“Atletik Bilbao” – “Espanol”

 Bu ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuv 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, yakuniga yetgan tur uchrashuvlaridan so‘ng “Barselona” 46 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.“Real Madrid” 42 ochko bilan 2, “Atletiko Madrid” esa 37 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda. Navbatdagi tur uchrashuvlari 2026-yilning 2-yanvar kunidan boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga “Barselona” “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing