“Laskoviy may” qo‘shiqlarida giyohvandlikni targ‘ib qilishda ayblandi

Madaniyat-san’at

image

O‘tgan asrning 90-yillarida xit bo‘lgan Rossiyaning "Laskoviy may" guruhi qo‘shiqlarida giyohvandlik vositalarini targ‘ib qilgan. Bu haqda "Gazeta.ru" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, guruhning 1991 yilda Aleksey Fyodorovich Vishnya tomonidan yozilgan “Shprits” qo‘shig‘i yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda trendga aylangan. Qo‘shiqda qahramon shpritsdan qanday foydalanish, u orqali qon-tomirga dori "yuborish" kabi so‘zlarni ishlatgan. Shuningdek qo‘shiq davomida giyohvand moddalarning nomlari ham tilga olingan. Bundan tashqari, "Nam xana" qo‘shig‘ida ham giyohvand moddalar targ‘iboti kuzatilgan.

Muallifning o‘zi bu kabi ayblovlarni rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiqlar 30-40 yil oldin yozilgan bo‘lib, “qora dori” targ‘iboti Vishnyaning xayolida ham bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, “Laskoviy may” 1986 yilning dekabr oyida Sergey Kuznetsov tomonidan asos solingan sovet va rus estrada guruhi. Guruh a’zolari Orenburg bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lib, ular prodyuser Andrey Razin (u ham bolalar uyida tarbiyalangan) bilan uchrashganidan keyin Moskvada o‘z ijodini boshlagan. Guruhning eng mashhur qo‘shig‘i Yuriy Shatunov boshchiligida ijro etilgan "Oq atirgullar" qo‘shig‘i hisoblanadi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Laskoviy may

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made