Lukaku Belgiya terma jamoasini tark etdi
Sport
−
25 mart 843 1 daqiqa
Italiyaning “Napoli” jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasi lagerini tark etdi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi jismoniy holatini yaxshilash va tiklanish uchun mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratmoqda. Shuning uchun Lukaku milliy jamoa bilan AQSHda o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etmaydi.
Ushbu xalqaro tanaffusda Belgiya terma jamoasi AQSH va Meksika jamoalari bilan uchrashadi. O‘yinlar joriy yilning 28 mart va 1 aprel kunlariga rejalashtirilgan.
Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi “Napoli” safida barcha musobaqalarda yettita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. U 2025 yilning 14 avgust kuni “Olimpiakos”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinda (2:1) olgan jarohati tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi.
Live
Barchasi